Mahmud Murodovning "UFC"dagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. Raqib Jerald Mirshert

Mahmud Murodovning "UFC"dagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. Raqib Jerald Mirshert

O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-6) o‘zining navbatdagi jangini Jerald Mirshert (32-14) qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jang 2021 yilning 28 avgustida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda o‘zbekistonlik sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

33 yoshli Mirshert so‘nggi jangini 17 aprel kuni Bartosh Fabianskiga qarshi o‘tkazgan va raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. Undan avval sportchi Hamzat Chimayevga qarshi bellashuvning 17-soniyasidayoq nokautga uchragandi. Shuningdek, Mirshert UFC’dagi faoliyati davomida Kevin Holand va Tiago Santos kabi mashhur yakkakurashchilar bilan jang qilgan (ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan).

Murodov UFC’da ketma-ket uchta g‘alabali seriya qayd etdi. Mahmud so‘nggi jangida 2021 yilning yanvar oyida Endryu Sanchesni nokautga uchratgandi. Avvalroq sportchi promoushen bilan yana to‘rtta jangga shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!