Londondan qaytgan turkiyalik bokschi va murabbiyda koronavirus aniqlandi

Londondan qaytgan turkiyalik bokschi va murabbiyda koronavirus aniqlandi

Turkiyalik bokschi Serhat Gyuler va murabbiy Seyfulloh Dumlupinar koronavirusga yo‘liqdi, deya ma’lum qilmoqda Turkiya boks federasiyasi.

Ularning har ikkisida Londonda o‘tgan Olimpiada saralash bosqichidan qaytganidan keyin ushbu kasallik aniqlangan. 14 mart kuni boshlangan lisenzion musobaqa 16 martga kelib Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) qarori bilan to‘xtatilgandi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya terma jamoasi murabbiylar shtabi va bokschilar 14 kunlik karantinga yuborilgan. Izolyasiya vaqtida Gyuler va Dumlupinar yuqori tana haroratidan shikoyat qilgan, shundan keyin o‘tkazilgan qon tahlillari koronavirusga ijobiy natija bergan. Ma’lum bo‘lishicha, yana ikki nafar bokschida yuqori harorat qayd etilgan, biroq ularning tahlillari hali tayyor emas. Barcha sportchilar nazorat ostida ekani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!