Kuryerlik jo‘natmalaridagi qing‘irliklar fosh etildi

Kuryerlik jo‘natmalaridagi qing‘irliklar fosh etildi

Bojxona xodimlari tomonidan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali “tijorat maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan” niqobi ostida bir xil turdagi tovarlarni jo‘natish holatlari o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari pochta jo‘natmalari orqali tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi urinishlarni fosh etishdi.

Jumladan, xorijdan fuqaro S.SH. nomiga yuborilgan xalqaro kuryerlik jo‘natmasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda,  “avtomashina havosini tozalovchi”  niqobi ostida hujjatlarda ko‘rsatilganmagan 300 dona “E.A MASK ES 020” nomli  tarkibida dioksid xlor moddasi bo‘lgan xavoni dezinfeksiya qilish vositalari (virus-blokator) borligi aniqlandi. Aniqlangan tovarning umumiy qiymati 121,6 mln. so‘mni tashkil etdi.

Shunga o‘xshash holatda, poytaxtimizdagi kuryerlik tashkilotlardan biri tovarlarni bojxona to‘lovlaridan chetlab o‘tishning antiqa usulini qo‘llagani “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fosh etildi.  Ustomonlar salkam bir tonna og‘irlikdagi  “Mebel va mebel qismlari” tovarini “tijorat maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan” niqobi ostida 37 ta pochta jo‘natmalariga bo‘lib olib kirganligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan 37 dona “Mebel va mebel qismlari” tovarining umumiy qiymati 20 mln. so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, xorijdan kelgan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish natijasida, 121 o‘rindan iborat jo‘natmalarda bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan 1106 dona kiyim-kechak va poyabzallar borligi aniqlandi.

Shu tariqa qonunbuzarlar kuryerlik jo‘natmalari orqali qiymati salkam 110 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga urinishganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!