Kredit mablag‘ining garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarni sotib yuborgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kredit mablag‘ining garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarni sotib yuborgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “A.B.” MCHJ rahbari R.N. jamiyatga bank muassasasidan ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun ajratilgan kreditning garov ta’minoti sifatida turgan 6 ta ko‘chmas mulkni boshqa fuqarolarga jami 854,2 mln so‘mga naqd pulga sotib yuborib, ushbu pul mablag‘larini jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan, jami 501 mln so‘mlik qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab, jamiyatni qasddan bankrotlik holatiga olib kelganligi oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!