«Kitob tumanida ham koronavirus chiqdimi? Nahotki?»

«Kitob tumanida ham koronavirus chiqdimi? Nahotki?»

Ijtimoiy tarmoqlarda I.Xushev tomonidan «Kitob tumanida ham koronavirus chiqdimi? Nahotki?» nomli asossiz xabarga Qashqadaryo viloyati  Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati o‘z munosabatini  bildirdi.

Unda ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani qayd etilgan, xizmat yuzasidan Kitob tumaniga kelgan 4 nafar fuqaro (3 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Fransiya fuqarosi) maxsus avtomashinada malakali shifokorlar nazorati ostida Toshkent shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib, karantinga olingan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida hech qanday kasallik belgilari aniqlanmagan.

Ma’lumot o‘rnida, eslatib qo‘ymoqchimizki, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi Sizni vakolatli organlarga koronavirusning oldini olish bo‘yicha foydali ma’lumotlarni tarqatishda va jamiyatimizni birlashtirishda yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!