Kavkazdan O‘zbekistonga antisiklon kelmoqda: yog‘ingarchilik kuchayadi, havo soviydi

Kavkazdan O‘zbekistonga antisiklon kelmoqda: yog‘ingarchilik kuchayadi, havo soviydi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ushbu hafta mamlakatda yog‘ingarchiliklar bilan kuzatilishini bashorat qilmoqda.

Turkmaniston hududidan 9 dekabr kuni nam va iliq havo oqimlari kirishi ta’sirida, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kechga borib kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metrga etishi kutilmoqda.

Keyinchalik respublikadagi ob-havoni Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali O‘zbekiston tomonga siljigan balandlikdagi antisiklon belgilaydi. Respublikada 10 dekabrda yomg‘ir yog‘ib o‘tadi, shimolda yoqqan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Mamlakat hududining katta qismida harorat foni nisbatan iliq bo‘lib, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi, shimolda haroratning kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kuzatiladi.

11 dekabrda Kavkaz hududidan sovuq havo kirishi bilan ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchayadi. 12-14 dekabrda ob-havoning nobarqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik, mamlakatning shimoli-g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Sovuq antisiklon ta’sirida shu kunlarda havo harorati asta pasayib kechasi 0-3 daraja, kunduzi 8-11 darajagacha tushadi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

O‘tgan dam olish kunlari mamlakat aholisi tuman hodisasini kuzatdilar.

Tumanlarning davomiyligi har xil. Asosan 3 soatgacha davom etadigan tumanlar kuzatiladi. 12 soatdan ortiq davom etib, meteorologik ko‘rinuvchanlik 50 m va undan kam bo‘ladigan holatlar xavfli ob-havo hodisalariga kiradi. Bunday holatlar aviasiya va yerusti yo‘l transporti uchun xavf tug‘diradi.

O‘tgan kunlarda aynan shunday sharoitlar kuzatildi. Esingizda bo‘lsa, dekabrning birinchi besh kunligida qishga xos bo‘lmagan quyoshli ob-havo kuzatildi, harorat 10-12 darajani tashkil qilib, tuproqning ilishiga isishiga keldi. 6 dekabrda esa Kaspiy dengizi tomondan kelgan antisiklon natijasida havo aynab, yog‘ingarchilik bo‘ldi. Harorat foni me’yorlargacha tushdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!