O‘zbekiston xokkey bo‘yicha Osiyo va Okeaniya Kubogi g‘olibi!

O‘zbekiston xokkey bo‘yicha Osiyo va Okeaniya Kubogi g‘olibi!

Toshkentdagi “Humo Arena”da va Samarqandda o‘tkazilgan xokkey bo‘yicha U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi yakunlandi.

O‘smirlarimiz turnirda munosib harakat qilishdi. "A" guruhidan o‘rin olgan jamoamiz finalga qadar yetib keldi va finalda turnirning boshqa bir kuchli jamoasi - Tailand bilan kuch sinashdi.

Musobaqaning boshqa o‘yinlariga qaraganda Tailandga qarshi bahs shiddatli kechdi. Dastlab raqiblar hisobni ochishgan bo‘lsa, xokkeychilarimiz tinimsiz hujumlar va zarbalardan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Keyin esa Tailand darvozasiga yana bir shayba kiritildi.

Murosasiz bahs va chinakam hissiyotlar o‘yiniga, haqiqiy shouga aylangan final 2-1 hisobida O‘zbekiston foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekiston xokkey bo‘yicha Osiyo va Okeaniya Kubogi g‘olibiga aylandi. Yigitlarimizni mashaqqatli va sharafli g‘alaba bilan tabriklaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!