40 kunlik xotira: Krokusdagi sodir etilgan teraktga 40 kun bo‘ldi

40 kunlik xotira: Krokusdagi sodir etilgan teraktga 40 kun bo‘ldi

Krokusdagi fojia sodir bo‘lgan kundan boshlab 40 kun

Bugun Moskva yaqinidagi Krokusdada sodir etilgan teraktga 40 kun bo‘ldi. Fojia sodir bo‘lgan joyda qurbonlarni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xotira marosimida ruhoniylar va ko‘ngillilar, halok bo‘lganlarning yaqinlari ishtirok etdi. Ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yodgorlikka o‘yinchoqlar va gullar olib kelishda davom etmoqda, deb yozadi «Kommersant».

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov Telegram’da Rossiya Qizil Xoch jamg‘armasiga teraktdan so‘ng halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga yordam ko‘rsatish uchun 1,6 milliard rubldan ortiq mablag‘ yig‘ilgani haqida ma’lum qildi.

Terakt ishiga 10 dan ortiq odam aloqador. Ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!