"Tonirovka" uchun to‘lovlar oshdi(mi)?

"Tonirovka" uchun to‘lovlar oshdi(mi)?

"Tonirovka" uchun to‘lovlar oshdi degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

IIV JXD YHXX "tonirovka" uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgarmaganligini ma’lum qiladi.

To‘lov miqdorlari avvalgidek:

engil avtomobillarning orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — bepul;

jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori — BHMning 8 baravari (2.720.000 so‘m);

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa — BHMning 14 baravari (4.760.000 so‘m);

M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — BHMning 40 baravari miqdorida belgilan (13.600.000 so‘m).

Ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) olsangiz ushbu to‘lovlarga 10% chegirma bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda "Humo glass-biznes" MCHJga tegishli M2 toifadagi "Gaz A21R33" rusumli transport vositasi uchun belgilangan to‘lov summasi 10% chegirma bilan 12.240.000 so‘m bo‘lganligini ma’lum qilamiz.

Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itmasliklari so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!