Lavrov Tojikiston TIV rahbarini tojiklarga nisbatan «ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga» ishontirdi

Lavrov Tojikiston TIV rahbarini tojiklarga nisbatan «ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga» ishontirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sirojiddin Muxriddin bilan telefon orqali qo‘ng‘iroq qildi. Suhbat chog‘ida Lavrov «Rossiya xizmatlari tomonidan terrorizmning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida qo‘shimcha batafsil tushuntirishlar berdi».

Kuni kecha Tojikiston fuqarolari haq-huquqlari poymol qilingani uchun Tojikiston Rossiya elchisiga norozilik bildirgani haqida yozgan edik.

Sergey Lavrovning ishontirishicha, mamlakatga kelayotgan xorijliklarni sinchiklab tekshirilishi Krokus-siti xolldagi terakt bilan bog‘liq va u muayyan millat yoki dinga qarshi qaratilgan emas. Vazirning qayd etishicha, bu tekshiruvlar vaqtinchalik.

«Tomonlar Rossiya-Tojikiston o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga g‘amxo‘rlik qilish, ularning ijobiy dinamikasini saqlab qolish va mustahkamlash zarurligi to‘g‘risida bir ovozdan fikrda», — deyiladi Rossiya TIV matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!