Xitoyda gazga bo‘lgan talabning pasayishi Yevropani saqlab qoldi - FT

Xitoyda gazga bo‘lgan talabning pasayishi Yevropani saqlab qoldi - FT

Evropa Rossiyadan energiya yetkazib berishning keskin qisqarishi oqibatida yuzaga kelgan energetika inqirozidan bir qancha omillar, jumladan, Xitoyda gazga bo‘lgan talabning pasayishi tufayli omon qola oldi, deb yozadi Financial Times.

2022 yil fevralida Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlangan vaqtda Xitoy karantin choralari va koronavirus tufayli tanazzulga yuz tutgan oqibatlarni hali yengib o‘tolmagan edi. Natijada mamlakatga suyultirilgan gaz importi o‘tgan yillarga nisbatan 20 foizga kam bo‘ldi.

EIga inqirozdan nisbatan og‘riqsiz omon qolishga imkon bergan boshqa omillar issiq qish, shamol va quyosh energiyasi ulushini umumiy iste’molning 27 foizigacha oshirish, suzuvchi regazifikasiya qurilmalarini ishga tushirish va to‘g‘ri siyosiy qarorlar bo‘ldi.

Ammo muammo hali to‘liq hal etilmagan, inqiroz yana qaytishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!