“Inson” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi

“Inson” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi

Bugun soat 14:30 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida “Inson” ko‘p qismli hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur kinokartina Kinematografiya agentligi hamda “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi besh yilda olib borilgan islohotlarga bag‘ishlangan.

Premyera 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan agentlik tomonidan kinomuxlislarga tuhfa sifatida taqdim etilmoqda.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, operatorlar Jahongir Ibragimov, Azizbek Normatov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, kreativ prodyuser Shohrux Rasulov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!