Indoneziya qirg‘oqlarida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziya qirg‘oqlarida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yava oroli qirg‘oqlarida 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi.

Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Zilzila episentri Tasikmalaya shahridan 247 km janubda joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 271 ming kishi istiqomat qiladi. Manba 25 km chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!