"Homilam sendan emas!" Rashk tufayli xotinini o‘ldirgan erkakka qanday jazo berildi?

"Homilam sendan emas!" Rashk tufayli xotinini o‘ldirgan erkakka qanday jazo berildi?

Homilador ayolining qotiliga aylangan buloqboshilik yigitga sud hukmi o‘qildi.

Hammasi ikki yoshning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli yuzaga kelgandi. Eridan kaltak yegan ayol ota uyiga arazlab ketadi. Qarori qat’iy ekan, eridan aliment pulini talab qilib, sudga murojaat qiladi. Er esa ajrashmoqchi emasligini aytib, ayolini uyga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘ladi. Jahl otiga mingan rafiqa esa o‘ylamasdan bir gapni aytib yuboradi: Homilam sendan emas .

Tamom. Rashk o‘tida yongan yigit aqldan ozayozdi. Natijada ayolini pichoqlab, uning qotiliga aylandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida qotilga nisbatan jazo tayinlanib, u 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!