Hokim, moliyachi, deputat... Navbat shifokorga. Xorazmda poraxo‘r kardiolog ushlandi

Hokim, moliyachi, deputat... Navbat shifokorga. Xorazmda poraxo‘r kardiolog ushlandi

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro G.X.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir natijasida, Xonqa tumani markaziy poliklinikasi kardiolog shifokori Z.Q. yurak xastaligi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berish evaziga fuqaro G.X.dan 200 AQSh dollari va 200 ming so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respubikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval, Surxondaryoning Boysun tumanida hokim o‘rinbosari va tuman moliya bo‘limi rahbari, Yunusobod hokimi, Namangan viloyatining Chust tumani hokimi o‘rinbosari, Xorazm viloyatining Xiva shahri hokimi o‘rinbosari, shuningdek, Namangan viloyati kengashi deputati, Toshkent viloyati Moliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, Surxondar viloyati Qumqo‘rg‘on tuman hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgandi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!