Hashamatli to‘ylar oilada ajrashish ehtimolini oshirishi aniqlandi

Hashamatli to‘ylar oilada ajrashish ehtimolini oshirishi aniqlandi

To‘y marosimlarining hashamati borgan sari oshib, ularni o‘tkazish kundan-kunga qimmatlashib borayotgan bir zamonda olimlar qimmatbaho to‘y marosimlarining oilaviy baxt va uning davomli bo‘lishiga qanday aloqasi borligini o‘rganishga qaror qilishdi.

Buning uchun iqtisod professori Endryu Frensis-Tan (Singapur milliy universiteti) va Hugo Mialon (Emori universiteti) tomonidan 1500 ga yaqin oila, ya’ni 3000 ga yaqin erkak-ayollar ishtirokida tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqotga ko‘ra, yosh oilalar nikoh uzugi va qimmatbaho marosimlarga sarflaydigan pullar nikoh davomiyligi bilan teskari mutanosib ekaniligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, to‘y marosimi uchun $1000 dan kam pul sarflagan oilalarda ajrashish ehtimoli juda kamligi, aksincha marosimga katta miqdordagi mablag‘ni sarflagan oilalarda bu ko‘rsatkich o‘ta balandligi aniqlandi.

Tadqiqotda shuningdek, nikoh davomiyligiga ta’sir o‘tkazuvchi yana bir omil borligi ma’lum bo‘ldi. “Nikoh qurish qarorida qarshi tomonning tashqi ko‘rinishi muhim deb hisoblagan juftliklarda oilaviy hayot uzoqqa bormasligini aniqladik”, deydi professor Mialon “Independent” nashriga bergan intervyusida.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!