“Hammasiga “shayton suvi” sababchi”: O‘z qizini o‘ldirib, bo‘laklarga bo‘lib yuborgan ota ustidan hukm o‘qildi

“Hammasiga “shayton suvi” sababchi”: O‘z qizini o‘ldirib, bo‘laklarga bo‘lib yuborgan ota ustidan hukm o‘qildi

Ufa shahrida 72 yoshli otaning 42 yoshli qizini o‘ldirganligi bilan bog‘liq jinoyat ishi tergovi tugallandi, deb xabar beradi “Sterlegrad” veb-sayti.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2015 yilda sodir bo‘lgan. Mast bo‘lgan ota va qiz o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Urushish davomida ota qizini shunchalik qattiq urganki, natijada u tez orada vafot etgan. Jinoyat izlarini yashirish uchun esa ayblanuvchi jasadni bo‘laklarga bo‘lib tashlab, bir qismini axlat qutisiga tashlagan, yana bir qisimini esa uy yaqininidagi suv havzasiga otib yuborgan.

 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, bu vahshiy qotillik birinchisi emas. Dastlab jinoyatchi xotini va qaynonasini o‘ldirilganligi uchun ham sudlangan edi. Bu safar unga 15 yillik qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!