Habibulla Oqilov O‘zbekistonda qat’iy karantin tartiblarining qaytarilishi sabablarini ma’lum qildi

Habibulla Oqilov O‘zbekistonda qat’iy karantin tartiblarining qaytarilishi sabablarini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov O‘zbekistonda qat’iy karantin tartiblarining qaytarilishi sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

«Kasallanish sonining ikkiga ko‘paytirilish davrini asosiy ko‘rsatkich, deb bilamiz. Respublikamizning asosiy hududlari yashil bo‘lib turgan paytda ikkilanish ko‘rsatkichi 10-11 haftaga yetgan bo‘lsa, hozir Respublikada ikkilanish davri o‘rta hisobda 3 haftadan sal oshadi, Toshkentda 2 haftagacha tushib ketgan. Buning asosiy sabablari oldin bizda yangi kasallanish holatlari faqatgina asosan chet eldan qaytarilayotgan vatandoshlarimiz ichidan chiqqan bo‘lsa, hozirgi kunda teng yarmi aholi orasida aniqlanmoqda», — deydi mutaxassis.

Karantin choralari yumshatila boshlanganidan so‘ng kasallanish soni keskin ortishi choralar kuchaytirilishining yana bir sababi sifatida qayd etildi. Bugungi kunda koronavirusga yo‘naltirilgan shifoxonalarning jami 5 mingdan ortiq koyka-o‘rinlarida koronavirusga chalingan bemorlar davolanmoqda. Ayni raqam juda katta ekanligi, zararlanganlar sonini qisqartirish hamda kasallanish zanjirini hech bo‘lmaganda bir oyga uzish va tizimni qayta tiklash ham qat’iy karantin qaytishining sabablaridan biri sifatida ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!