Guterrish Bishkek va Dushanbeni chegara masalasida kelishib olishga chaqirdi

Guterrish Bishkek va Dushanbeni chegara masalasida kelishib olishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘iziston va Tojikistonni chegaradagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda u Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi «Radio Azattik».

Guterrish Bishkek va Dushanbeni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralarni muvaffaqiyatli delimitasiya qilishdan o‘rnak olishga chaqirdi. Shu bilan birga, BMT Bosh kotibi Farg‘ona vodiysidagi davlat chegarasi juda chalkash ekanligini inobatga olib, bu vazifaning murakkabligini tushunishini ta’kidladi.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara bo‘yicha muzokaralar 2023 yildan buyon davom etmoqda. 2021-2022 yillarda davlatlar o‘rtasida qurbonlar bilan yakunlangan chegara mojarolari yuz berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!