Germaniyada fojia: 9 kishi balkon bilan birga quladi

Germaniyada fojia: 9 kishi balkon bilan birga quladi

Germaniyaning shimoli-g‘arbiy qismida, Xorn-Bad-Maynberg shahrida ko‘p qavatli uyning balkoni qulab tushdi. Hodisa natijasida to‘qqiz kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Dpa-international.

Balkonda 21 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan bir guruh yoshlar bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Balkonning yog‘och pollari birga quladi.

Qutqaruvchilar to‘rt nafar jabrdiydani vayronalar ostidan chiqishga yordam berishdi. Besh kishining og‘ir jarohati bor. Ulardan birining hayoti xavf ostida.

Qutqaruv operasiyasida 70 kishi ishtirok etdi. Balkonning qulashi sababi hali ham noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!