Fransiyada Putinning sobiq rafiqasiga tegishli villa musodara qilindi

Fransiyada Putinning sobiq rafiqasiga tegishli villa musodara qilindi

Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlari 2023 yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Ocheretnayaga tegishli villani musodara qilgani aniqlandi. Bu haqda Challenge xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Biarrits yaqinida joylashgan villa rossiyalik Artur Ocheretniyga tegishli bo‘lgan. U Putinning sobiq xotinining hozirgi eri hisoblanadi. Rêverie nomli villa 1920 yillarda boy anglo-belgiyalik moliyachi Alfred Levenshteyn tomonidan qurilgan. 2013 yil dekabr oyida 5000 kvadrat metrlik mulk Ocheretniy tomonidan 5,4 million yevroga sotib olingan.

Bundan tashqari, Putinning sobiq rafiqasi Davosda (Shveysariya) hashamatli kvartiralar va Ispaniyaning Malaga shahrida bog‘lar va basseynlar bilan o‘ralgan turar joy majmuasida ikkita kvartira xarid qilgan. Bularning barchasi kamida 10 million dollarga baholanadi. Eslatib o‘tamiz, Lyudmila Putina va Artur Ocheretniy hali Yevropa Ittifoqi yoki AQSh sanksiyalari ostida emas.

Parij prokuraturasi avvalroq villada tintuv o‘tkazgan. Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, 2022 yil fevral oyida Vladimir Putinning sobiq rafiqasi qarorgohi darvozasiga graffiti va Ukraina bayroqlarini chizib ketgan.

Ocheretniyning villasidan tashqari, fransuz huquq-tartibot idoralari xodimlari aka-uka Rotenberglar va Gennadiy Timchenko kabi Kremlga yaqin bo‘lgan bir qator oligarxlarning mulklarini “kuzatuvga olgan”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!