Fransiya, agar AQSh ruxsat bersa, Eronga 15 milliard dollar miqdorida kredit bermoqchi

Fransiya, agar AQSh ruxsat bersa, Eronga 15 milliard dollar miqdorida kredit bermoqchi

Fransiya Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha 2015 yilda imzolangan Qo‘shma Harakat Rejasi (JCPOA) dagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishi evaziga yil oxiriga qadar Eronga taxminan 15 milliard dollarlik kredit liniyalarini taqdim etishni taklif qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari kredit liniyalari ochilishiga to‘sqinlik qilmaydi, deb taxmin qilinmoqda, deya xabar beradi Islomiy respublikadagi hukumatdagi manbalar.

Dushanba kuni Eron delegasiyasi Parijga tashrif buyurdi, ular orasida Eronning neft va sanoat sektori vakillari ham bor.

“Biz hech bo‘lmaganda AQShning beozor roziligini olishimiz kerak. Biz hali ham AQShning pozisiyasini bilmaymiz" dedi Fransiya poytaxtidagi muzokaralardan xabardor manba.

AQSh o‘tgan yili Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy qildi va bu yil ularni keskin ravishda kuchaytirdi. Bunga  javoban Eron bitimda qo‘yilgan ba’zi cheklovlarni buzdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yozda AQSh va Eronni muzokaralarga qaytaradigan shart-sharoitlarni yaratishga urinib ko‘rdi.  O‘tgan oy Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 yig‘ilishida Tramp Eronga kredit berish g‘oyasiga rozidek munosabatda bo‘lgan edi. Ammo keyinchalik AQSh rasmiylari sanksiyalarni bekor qilish uchun yangi muzokaralar olib borish kerakligini aytishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!