Fazliddin G‘oibnazarov bo‘lajak raqibi haqida qanday fikr bildirdi?

Fazliddin G‘oibnazarov bo‘lajak raqibi haqida qanday fikr bildirdi?

Rio Olimpidasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 18 yanvar kuni dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi.

O‘zA ning yozishicha, bokschimiz mazkur jang oldidan MOQ axborot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan:

Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman , degan G‘oibnazarov.

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

* Toshkent vaqti bilan 19 yanvar kuni erta tongda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!