Er uchastkasi qanday maqsadlarda olib qo‘yiladi?

Er uchastkasi qanday maqsadlarda olib qo‘yiladi?

Er uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlar faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

? mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;

? xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

? foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;

? avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigasiya ob’ektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti ob’ektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob’ektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’ektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

? aholi punktlari bosh rejalarini bajarish, shuningdek, qonunlar va Prezident qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!