Ekaterinburgdan xushxabar! Yana ikki bokschimiz g‘alabaga erishdi

Ekaterinburgdan xushxabar! Yana ikki bokschimiz g‘alabaga erishdi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan oldin mazkur boks kechasida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov filippinlik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, bugungi boks kechasida yana ikki bokschimiz ringga ko‘tarilishdi. Sardor Muzaffarov rossiyalik Murod Rabadanov (3-0-0)ga qarshi jang olib bordi va katta ustunlik bilan g‘olib bo‘ldi.

Yana bir bokschimiz Jaloliddin O‘ktamov (2-1-0) esa kamerunlik Daniel Negat (1-18-0)ga qarshi ringga chiqib, raqibini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!