Echkemarni o‘ldirgan bolalar tabiatga 34 mln so‘m zarar keltirdi

Echkemarni o‘ldirgan bolalar tabiatga 34 mln so‘m zarar keltirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik bolalarning echkemarni o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu holat Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Ozod» mahallasi hududida ikki nafar voyaga etmagan shaxs, mol boqib yurgan vaqtda sodir etilgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolalar shu yilning 26 iyun kuni mahalla hududidagi adirlikda chorva mollarini boqib yurgan vaqtida bo‘z echkemar mollarga tashlangan vaqtda bolalar uni o‘ldirgan.

Mazkur holatni sodir etgan fuqarolar hali balog‘at yoshiga yetmaganligi sababli holat yuzasidan birlamchi hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari bo‘z echkemarni nobud qilgani uchun hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 649 sonli qarori ilovasiga asosan hisoblanganda 34 million so‘mni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!