Dovul tufayli 150 kishi «qopqon»ga tushib qoldi

Dovul tufayli 150 kishi «qopqon»ga tushib qoldi

AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Nyu-Bern shahrida taxminan 150 kishi Florens dovuli tufayli o‘z uylarida «qopqonga» tushib qoldi. Bu haqda CNN telekanali efirida aytiladi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab kishilar suvga to‘lgan uylardan chiqa olmay, tomlar hamda cherdaklarda qutqaruvchilarni kutishmoqda. Nyu-Bern shahrining tvitterdagi sahifasida aytilishicha, shahardan taxminan 200 kishi qutqarildi, yana 150 odam tezkor xizmatlar yordamini kutmoqda.

Telekanal saytidagi xabarga ko‘ra, tropik siklon Qo‘shma Shtatlarga yomg‘ir ko‘rinishidagi taxminan 38 trillion suvni olib keladi. Ta’kidlanishicha, bu hajmdagi suv 15 millionta olimpiya basseynlarini to‘ldirish uchun yetarli bo‘ladi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!