Denovlik haydovchi ham YPX xodimiga pora berayotganda ushlandi

Denovlik haydovchi ham YPX xodimiga pora berayotganda ushlandi

Joriy yilning 27 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori E.O‘ljayev Denov tumani "Dehqon" bozori yonida xizmat olib borayotgan vaqtida, ushbu hududda o‘rnatilgan 3.27. - "To‘xtash taqiqlanadi" yo‘l belgisi ta’siri doirasida to‘xtab turgan "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisining yoniga borib, o‘zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirib, tegishli hujjatlarini so‘raganida, haydovchida ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

YPX inspektori aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan haydovchiga nisbatan planshet yordamida elektron bayonnoma rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng, haydovchi B.E. inspektorga mazkur bayonnomani rasmiylashtirmasligi evaziga 400.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. YPX inspektori mazkur holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Shu kunning o‘zida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.E. YPX inspektori E.O‘ljayevga 400.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro B.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!