Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Gidrometeorologiya xizmati markazidan xabar qilinishicha, 17-18 noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat kechasi -1...-6 daraja, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 darajani tashkil qiladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi +2...+7, kunduzi +13...+18 darajagacha ko‘tariladi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 darajaga yetadi

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!