Dahshat! Xorazmlik erkak opasining o‘g‘lini vahshiylarcha o‘ldirdi. Nega?

Dahshat! Xorazmlik erkak opasining o‘g‘lini vahshiylarcha o‘ldirdi. Nega?

2019 yil 13 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi binosida, raislik qiluvchi sudya S.Toganov, xalq maslahatchilari SH.Matyusupov va K.Polvanovadan iborat tarkibda o‘tkazilgan sud majlisida hayotga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi, ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish jinoyatini sodir etgan O.O (ismi o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi Aniq.uz ga xabar berdi.

1987 yilda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida tug‘ilgan O.O 2019 yil 21 yanvar kuni soat 16 larda uyiga mehmon bo‘lib kelgan opasi SH.Oning o‘g‘li, 2014 yil 4 noyabrda tug‘ilgan A.Shni yotoqxonasiga kirganidan jahli chiqib, uning oyog‘i va tanasidan ko‘tarib olib, boshini va tanasini yotoqxona devoriga bir necha marotaba urgani oqibatida voyaga yetmagan SH.A olgan tan-jarohatlaridan shu kuni shifoxonada vafot etgan.

Tergov harakatlari davomida sudlanuvchi O.O bir necha bor Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib chiqqanligi va paranoid-shizofreniya tashxisi bilan hisobda turishi, stasioner tartibda o‘tkazilgan sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, O.O yuqorida qayd etilgan ijtimoiy havfli qilmishni sodir etgan paytda paranoid ko‘rinishidagi shizofreniya kasalligi sababli o‘zi sodir etgan harakatlarga baho bera olmaydigan va o‘zini o‘zi boshqara olmaydigan holatda bo‘lganligi, shu munosabat bilan u kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolashga muhtoj ekanligi ko‘rsatilgan.

Sud, ekspertiza xulosalarini inobatga olib, sudlanuvchi O.O ijtimoiy havfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topib, unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llash va uni Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish to‘g‘risida ajrim qabul qildi.

Sud hay’ati sudlanuvchi O.O muqaddam bir necha marta Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib, paranoid-shizofreniya tashxisi bilan hisobda turgan bo‘lsada, u yashab kelgan hududning profilaktika inspektori, uchastka shifokori va boshqa mas’ul shaxslar o‘zaro hamkorlik o‘rnatmasdan, ruhiy kasal bo‘lgan O.O tomonidan ijtimoiy havfli qilmish sodir qilinish ehtimoli yuqori ekanligiga e’tibor qaratmasdan, O.Oni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kerakli tadbirlarni amalga oshirish masalasiga yuzaki yondashib, sustkashlikka yo‘l qo‘yganligini hisobga olib, kelgusida yuqorida qayd qilingan jinoyat sodir etilishini oldini olish, mutasaddi rahbarlar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi va Hazorasp tuman IIB rahbariyatiga nisbatan xususiy ajrim chiqarib munosabat bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!