Germaniya mintaqaviy ligasi o‘yinidagi tartibsizliklar vaqtida 155 nafar polisiyachi jarohat oldi

Germaniya mintaqaviy ligasi o‘yinidagi tartibsizliklar vaqtida 155 nafar polisiyachi jarohat oldi

Berlinning «Dinamo» klubining «Energi Kotbus» futbol klubiga qarshi o‘yini tartibsizliklar va polisiya bilan shiddatli to‘qnashuvlar bilan yakunlandi. Boshlanish hushtagi chalinganidan taxminan 20 daqiqa o‘tgach, hakam o‘yinni to‘xtatib, jamoalarni kiyinish xonalariga yuborishga majbur bo‘ldi.

Gap shundaki, berlinlik muxlislar ommaviy ravishda Kottbus murabbiyi Klaus-Diter Volisga tahdid qilib, tribunadan unga qarab turli xil narsalarni uloqtira boshlashgan. Polisiya muxlislarni tinchlantirishga uringanida, mushtlashuv boshlanib, kamida 155 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlangan. Ularning aksariyati ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan, 28 nafar polisiyachi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy hujumdan, yana 11 nafari pirotexnika vositalaridan foydalanishdan bo‘lgan.

«Dinamo» va «Kotbus» o‘rtasidagi o‘yin dastlab xavfli deb tasniflangan edi, chunki ikki jamoaning Kotbusdagi oldingi uchrashuvi Berlin klubi muxlislari mehmoni bo‘lgan hududda tartibsizliklar bilan yakunlangan edi.

Polisiya tartibsizliklarda ishtirok etgan qancha futbol ishqibozi hibsga olinganiga aniqlik kiritmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!