Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi daromadga ikki tomonlama soliq solish bekor qilindi

Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi daromadga ikki tomonlama soliq solish bekor qilindi

Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida daromadga ikki marta soliq solish bekor qilindi. Tegishli qonun Ozarbayjon prezidenti saytida e’lon qilindi.

«Ozarbayjon Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishni bekor qilish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risida»gi Bitimni tasdiqlash haqida”gi qonun Ozarbayjon Prezidenti tomonidan tasdiqlandi.

Avvalroq, 19 fevral kuni Anqara shahrida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokida bir qator Ozarbayjon-Turkiya hujjatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risida»gi Bitim”ni Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikoil Jabborov hamda G‘aznachilik va moliya vaziri imzoladilar.

Bundan tashqari, Aliyev 19 fevral kuni ham imzolangan «Ozarbayjon Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim»ni tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!