Buyuk Britaniyada chaqaloq tishi bilan tug‘ildi

Buyuk Britaniyada chaqaloq tishi bilan tug‘ildi

Buyuk Britaniyada chaqaloq sut tishi bilan tug‘ildi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Lankashir grafligidagi o‘n sakkiz yoshli Betani Grin 16 yanvarda qiz farzandli bo‘lgan va unga Eyveri deb ism qo‘ygan. Ilk ko‘rik payti hamshiralar chaqaloqning milkida sut tishi borligini ko‘rgan.

Yosh ona ushbu holat bo‘yicha stomologga murojaat qilgan.

Ular bunday holatni birinchi marta ko‘rib turganini aytdi. Uning ustiga, chaqalog‘imning tishini talabalarga ko‘rsatish uchun qabulga ham taklif qildi , deydi Grin.

Odatda go‘daklarda ilk sut tishi to‘rt oylik paytidan yetti oylik paytigacha bo‘lgan davrda chiqadi. Grin farzandining tishini oldirib tashlash niyati yo‘qligini ma’lum qilgan. Ammo shifokorlar u holda chaqaloqni ko‘krak suti bilan parvarishlamaslikni maslahat bergan. Grin chaqaloqni sun’iy sut bilan oziqlantirmoqchi ekanini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!