Buxorodagi mudhish YTHda yosh ona va uning bir yoshga to‘lmagan qizalog‘i halok bo‘ldi

Buxorodagi mudhish YTHda yosh ona va uning bir yoshga to‘lmagan qizalog‘i halok bo‘ldi

Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 23 aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotgan vaqtda o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro boshqaruvidagi KAMAZ rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Nexia yo‘lovchisi bo‘lgan ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Nexia᾽ning qolgan yo‘lovchilari, ayolning turmush o‘rtog‘i va 2019 yilda tug‘ilgan qizalog‘i, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, qizaloq vafot etgan.

Shuningdek, Nexia haydovchi va yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!