Bugun O‘zbekistonda 38 daraja issiq bo‘ladi, ikki viloyat hududida sel-suv toshqinlari bo‘lishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda 38 daraja issiq bo‘ladi, ikki viloyat hududida sel-suv toshqinlari bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 33-38° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 35-37° gacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!