Bu yil yoz faslining o‘rtasi qanday bo‘ladi?

Bu yil yoz faslining o‘rtasi qanday bo‘ladi?

Iyul oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, iyul oyi qulay sharoitlardan boshlanadi, 1-3 iyul kunlari havo harorati +31...+36 daraja atrofida, janubda +38...+40 darajagacha bo‘ladi.

So‘ngra iyul oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati +35...+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +41...+43 darajagacha bo‘ladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha +40 daraja va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni +2 kundan 5 kungachani, shimolda 6-8 kunni, janubda va cho‘l hududlarda 12-15 kunni tashkil eadi. So‘nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda iyul oyining ayrim kunlarida mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!