Sudan «20 yil ichidagi eng yomon oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelmoqda»

Sudan «20 yil ichidagi eng yomon oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelmoqda»

Sudanda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat tez yomonlashmoqda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha so‘nggi 20 yildagi eng yomon muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi Vanessa Ugenin ma’lum qildi.

«Sudan janubi-sharqidagi Sinnar shtatining Sinja mintaqasidagi to‘qnashuvlar hamda Abu Hajar va Dali mintaqalaridagi ishonchsizlik tufayli 60 mingdan ortiq odam qochib ketdi», dedi Ugenin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sinja mintaqasida Sudan qurolli kuchlari va Tezkor harakat kuchlari (RRF) o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli mintaqa aholisining aksariyati sharqdan Gedaref shtatiga qochib ketishgan.

Ugenenning ta’kidlashicha, Sudan bo‘ylab vaziyat yomonlashishda davom etar ekan, «ayollar, bolalar va butun oilalar hamma narsani ortda qoldirib, qochishga majbur bo‘lishdi».

Sudan «20 yil ichidagi eng yomon oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelmoqda», deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!