Tunisda prezidentlik saylovi 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Tunisda prezidentlik saylovi 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

2019 yildan beri hokimiyat tepasida turgan prezident Kays Said seshanba kuni Tunisda prezidentlik saylovi 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda france24 xabar berdi.

Uning qayta saylanish uchun ishtirok etishi hozircha ma’lum emas.

Kays Said 2021 yilda bosh vazir va parlament iste’foga chiqqanidan so‘ng farmoni bilan mamlakatni to‘liq nazoratga oldi va uning ko‘plab raqiblari hozir panjara ortida.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatning yangi konstitusiyasi 2022 yilda o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan.

“Bugun, 2024 yil 2 iyul kuni Respublika prezidentining qarori bilan 2024 yil 6-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga saylovchilar taklif qilindi”, — deyiladi Said devonxonasi xabarida.

Uning hokimiyatni egallab olishi oqibatida yuzaga kelgan siyosiy inqiroz Tunis iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi, ishsizlik 15 foizni tashkil etdi va mamlakatdagi 12 million aholining 4 millionga yaqini qashshoqlikda yashamoqda.

Tunis Jurnalistlar milliy ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazilgani uchun 60 dan ortiq jurnalist, huquqshunos va siyosiy raqiblar jinoiy javobgarlikka tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!