Armiya sulhni, Netanyaxu esa urushni xohlaydi

Armiya sulhni, Netanyaxu esa urushni xohlaydi

Isroil harbiy rahbariyati, hattoki Hamas eksklavda hokimiyat tepasida qolgan taqdirda ham o‘t ochishni to‘xtatishga sodiq, deb yozadi New York Times.

Amerika nashrida chop etilgan ma’lumotlar Isroil xavfsizlik kuchlarining olti nafar amaldagi va sobiq xodimi bilan suhbatlarga asoslangan.

Harbiylar «avvalgiga qaraganda kamroq o‘q-dorilar, kamroq ehtiyot qismlar, kamroq energiyaga ega» deb hisoblaydi, dedi Isroil Milliy xavfsizlik kengashining sobiq rahbari.

ID rasmiylarining fikricha, Hamas bilan sulh qolgan 120 nafar isroillik asirlarning hammasini ozod qilishga olib keladi, Hizbulloh bilan shimolda tinchlikka yo‘l ochadi va harbiylarga tiklanish va kelajakda Livanda kengroq urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt beradi.

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu New York Times gazetasidagi xabarni tanqid qilib, yahudiy davlati barcha maqsadlariga erishgandan keyingina urushni tugatishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!