G‘arbiy Sohilda qo‘lga olingan falastinliklar soni 9,5 mingdan oshdi

G‘arbiy Sohilda qo‘lga olingan falastinliklar soni 9,5 mingdan oshdi

Isroil kuchlari bosib olingan G‘arbiy Sohilda kamida 20 nafar falastinlikni qo‘lga oldi.

Bu haqda Falastin asirlari uyushmasi va Falastin ozodlik tashkilotining Falastin asirlari ishlari bo‘yicha qo‘mitasining qo‘shma bayonotida aytiladi.

Bayonotda qayd etilishicha, oxirgi 24 soat ichida Isroil harbiylari Al-Xalil, Jenin, Qalqilya, Nablus, Ramallah, Eriha va Quddus shaharlarida reydlar uyushtirgan.

Bu bilan 2023 yil 7-oktabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qo‘lga olingan falastinliklar soni 9510 nafarga yetdi.

2023 yilning 7-oktabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida agressiya boshlaganidan beri bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va hujumlar soni ortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!