Mast xolda transport boshqargan fuqaroning "Lacetti"si jarima maydonidan joy oldi

Mast xolda transport boshqargan fuqaroning  "Lacetti"si jarima maydonidan joy oldi

Mast xolda transport boshqarmang! Aks xolda, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 131-moddasi, 1-qismiga asosan transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarimaga tortilasiz.

So‘x tumanida yashovchi huquqbuzar F.R. 07.03.2024 yil kuni “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomashinasini So‘x tumani markaziy ko‘chasida boshqarish huquqi bo‘lmagan holda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda harakatlanib ketayotganida YHXB YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish hujjatlari sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, fuqaro F.R.ga 13.600.000 so‘m jarima jazosini tayinlagan.

Majburiy ijro byurosi So‘x tuman bo‘limi xodimlari 24.03.2024 yildagi sudning ijro hujjatiga asosan qarzdor F.R.ni ma’muriy jarima pullarini o‘z vaqtida to‘lashi yuzasidan ogohlantiradi.

Biroq, qarzdor tomonidan jarima pullari ixtiyoriy muddat ichida to‘lanmaganligi sababli, qarzdorga tegishli “Chevrolet Lacetti” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!