Qo‘shma Shtatlar «Evropa ustidagi yadroviy soyabonini» saqlab qoladi

Qo‘shma Shtatlar «Evropa ustidagi yadroviy soyabonini» saqlab qoladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, agar qayta saylansa, NATOni «radikal tarzda qayta yo‘naltirish»ni amalga oshirish niyatida. Tramp ittifoqdan chiqish o‘rniga Yevropa davlatlaridan mudofaa xarajatlarini oshirishni va Amerikaning xavfsizlik rolini kamaytirishni talab qiladi.

Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari pozisiyasi bilan tanish bo‘lgan mudofaa eksperti Den Kolduellning Politico nashriga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar «Evropa ustidagi yadroviy soyabonini», shuningdek, NATOning bir qancha mamlakatlaridagi havo kuchlari va bazalarini saqlab qoladi. Biroq, piyoda va zirhli texnikaning asosiy kuchlari evropaliklarning mas’uliyat zonasiga o‘tadi.

✍️ Rejada ikki pog‘onali NATO tizimini yaratish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, mudofaa uchun YAIMning 2 foizini tashkil eta olmagan davlatlar blokning kollektiv mudofaa shartnomasining 5-moddasidan chiqarib tashlanadi.

❕ O‘zgarishlar NATOning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha siyosatiga ham ta’sir qiladi. Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shartnoma tuzishni ko‘rib chiqmoqda, unga ko‘ra NATO sharqni kengaytirmaydi va Moskva bosib olgan hududlarning bir qismini saqlab qolishi mumkin.

Vashington Moskva bilan muzokaralarni boshlamasa, Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkin, agar Rossiya bunga rozi bo‘lmasa, Ukrainaga qurol yetkazib berish hajmini oshirish bilan tahdid qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!