Erdo‘g‘an Rossiya bilan savdo aylanmasida oldinga qo‘yilgan maqsadni aytdi

Erdo‘g‘an Rossiya bilan savdo aylanmasida oldinga qo‘yilgan maqsadni aytdi

Anqara va Moskvaning maqsadi 100 milliard dollarlik tovar aylanmasiga erishish. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ostonada rossiyalik lavozimdoshi Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 55 milliard dollarni tashkil etmoqda:

«Rossiya va Turkiyaning maqsadi tovar ayirboshlash hajmini 100 milliard dollarga yetkazish va biz bunga erishamiz, deb ishonamiz», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!