Bozorlarda bayramoldi narx-navo qimmatlashdi(mi?)

Bozorlarda bayramoldi narx-navo qimmatlashdi(mi?)

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etadi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

 
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 10 dekabr holatidagi narxlari
 
 
 
Mol go‘shti
26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha 
 
 
 
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 26000 so‘mdan 40000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotib olish mumkin. Ushbu narx o‘tgan haftalarga qaraganda arzonlashganini ko‘rsatadi.   
 
Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 26000 so‘mdan boshlansa, eng qimmat narx ham ushbu bozorda – 40000 so‘m.   
 
Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 28000 – 38000 so‘mdan xarid qilish mumkin. 
 
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha 
 
 
 
Bu haftada narxlar o‘zgarishsiz qolgan. 
 
Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 – 40000 ming so‘mgacha sotilmoqda.
 
Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da  – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 39000 so‘m. 
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo‘y go‘shti 42000 – 44000 so‘m. 
 
Tovuq go‘shti
13 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha 
 
 
 
Tovuq go‘shti mamlakatimiz bozorlarida biroz qimmatlashdi.
 
Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida – 18500 – 20000 so‘m
 
Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 – 18000 so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozordan 1 kg. tovuq go‘shtini o‘rtacha 11000 so‘mdan 15000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilish mumkin edi. 
 
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17000 so‘mdan sotilmoqda.  
 
Guruch
3 500 so‘mdan 14 000 so‘mgacha 
 
 
 
Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashdi. 
 
Eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 4700 – 14000 so‘m.
 
Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 3500 – 10000 so‘m.
 
O‘simlik yog‘i
8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 
 
 
 
Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000 – 10500 so‘m.
 
Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10000 – 13000 so‘m.
 
Un
1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha 
 
 
 
 
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.
 
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori  (Andijon viloyati) –  3500 – 4000 so‘m. 
 
Shakar
4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 
 
 
 
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 5000-5500 so‘m. 
 
Eng arzon narx Mirobod dehqon bozori  (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so‘m. 
 
Tuxum
450 so‘mdan 700 so‘mgacha 
 
 
 
Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.  
 
Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-700 so‘mdan xarid qilish mumkin.
 
Kartoshka
1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha 
 
 
 
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1100 so‘mdan 2000 so‘mgacha. 
 
Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2000 – 3000 so‘mgacha. 
 
Piyoz
500 so‘mdan 1 500 so‘mgacha 
 
 
 
Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida  – 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha.
 
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori  (Andijon viloyati)da – 1250 – 1500 so‘mgacha. 
 
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
 
 
Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so‘mdan sotilmoqda. 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!