Blinken: "AQSh Eron va Isroil zarbalaridan keyin keskinlik pasayadi, deb hisoblaydi"

Blinken: "AQSh Eron va Isroil zarbalaridan keyin keskinlik pasayadi, deb hisoblaydi"

Qo‘shma Shtatlar Eron va Isroil bir-birining nishonlariga hujum qilganidan keyin Yaqin Sharqdagi keskinlik pasayadi, deb umid qilmoqda.

Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Endi, menimcha, umid qilamanki, biz bunday keskinlikni ko‘rmaymiz", dedi u.

Shu bilan birga, Blinken Eron va Isroilning shu oy boshida bergan zarbalari G‘azo sektoridagi urush Yaqin Sharqda keng ko‘lamli mojaroga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!