Biznes hamkor soxta bo‘lib chiqdi

Biznes hamkor soxta bo‘lib chiqdi


——
Toshkent shahrida yashovchi ayol E.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 50.000 AQSh dollari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol T.M. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, T.M., jabrlanuvchi E.N. bilan telegram messenjeridagi guruhlarning birida tanishib, biznes hamkorlikni taklif qilgan va uni ishontirib, aldov yo‘li bilan 50.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
———
⚖️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!