Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident qaroriga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.

Ular orasida talabalar, bo‘lajak yosh olimlar va o‘qituvchilar ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

Aymuratov Musa Tatlimurat uli - Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;

Yo‘ldoshev Abbos Bahrom o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali talabasi;

Samandarov Nuriddin Mahammadjon o‘g‘li - Andijon davlat universiteti talabasi;

Ro‘ziqulov Dilshod Shuhrat o‘g‘li - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti dosenti;

Jo‘rayev Suhrobjon Salohiddin o‘g‘li - Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi;

Urunov Asadbek Davlatali o‘g‘li - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi;

Arziqulov Fazliddin Faxriddin o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universiteti magistranti;

Valijonov Azizbek Farhod o‘g‘li -Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi;

O‘lmasov Ahadjon Akramjon o‘g‘li - Farg‘ona politexnika instituti tayanch doktoranti;

Sabirov Azizbek Davronbekovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi;

Nazarov Azizbek Farrux o‘g‘li - Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi.

Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!