Arxeologlar Qora dengiz tubidan 2400 yillik qadimiy buyumlarni topishdi

Arxeologlar Qora dengiz tubidan 2400 yillik qadimiy buyumlarni topishdi

Turkiyaning Kerpe ko‘rfazida olib borilgan suv osti qazishmalarida arxeologlar miloddan avvalgi IV asrdan milodiy XII asrga oid qadimiy buyumlarni topishdi.

Bu bir vaqtlar muhim savdo nuqtasi bo‘lgan tarixiy Kerpe ko‘rfazida olib borilgan birinchi ilmiy suv osti qazishma ishlaridir. U 2020 yilda boshlangan.

Qadimiy Kerpe ko‘rfazi Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Kojaeli viloyatining Qandiri tumanida joylashgan. Yunon tilidan tarjima qilinganda bu nom “ko‘za” yoki “qozon” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda bir vaqtlar muhim savdo porti bo‘lgan.

Olimlar jamoasi qirg‘oqdan 80 metr uzoqlikda va to‘rt metr chuqurlikda, taxminan 2000 kvadrat metr maydonda ish olib borishdi.

Qazishmalar davomida suv ostidan miloddan avvalgi IV va eramizning XII asrigacha bo‘lgan davrga oid tijorat amforalarining qoldiqlari, sopol idishlar, lampalar, quvur parchalari, Usmonlilar davriga oid turli madaniy ob’ektlar va halokatga uchragan kema qoldiqlari topildi, deb xabar beradi korrespondent.net.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!