Artel televizori teskari ko‘rsatayotgani haqida video tarqaldi. Kompaniya munosabat bildirdi (VIDEO)

Artel televizori teskari ko‘rsatayotgani haqida video tarqaldi. Kompaniya munosabat bildirdi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Artel televizori kadrni teskari ko‘rsatayotgani haqida videolavha tarqaldi. Kompaniya bunga rasmiy munosabat bildirdi.

"Televizor ishlab chiqarish zavodida har bitta mahsulot yoqib ko‘rilib, sozlamalar to‘g‘ri ishlaydigan holatga keltiriladi. Shu bois zavod har bir mahsulotga sifat kafolatini beradi.

Artel 32AH90G va 43AF90G modelidagi televizorlarning zavod menyusidan Mirror funksiyasi orqali tasvirni teskari qilish mumkin. Buni faqat televizor ustalari amalga oshira oladi. Ushbu funksiya dunyodagi taniqli brendlar – Samsung va LG televizorlarida ham mavjud. Bu funksiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan faqat televizorni ta’mirlashda foydalanish uchun kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanish va iste’molchilarni ataylab chalg‘itish hatto jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!