Falastinlik 53 nafar jurnalist Isroilda qamoqda qolmoqda

Falastinlik 53 nafar jurnalist Isroilda qamoqda qolmoqda

Falastin Mahbuslar jamiyati Isroil hibsxonalarida 53 nafar falastinlik jurnalist saqlanayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Al Jazeera nashri xabar bergan.

Falastinlik Mahbuslar jamiyati 3 may Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan jurnalistlar hibsga olinishiga aloqador yangi statistikani e’lon qilgan. Statistikada G‘azo urushi boshlanganidan beri hibsga olingan falastinlik muxbirlar soni umumlashtirib berilgan.

Jurnalistlarning 43 nafari 7 oktyabr voqealari ortidan hibsga olingan. Shuningdek, 4 nafar jurnalist haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Na Isroil rasmiylari va na boshqa tashkilotlar ular haqida ma’lumot topa olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!